"Barselona" ham niqob sotishni boshladi

Aslanov Jasurbek
25 may 2020
Koronavirus pandemiyasi davrida butun dunyo tibbiy niqoblardan foydalanmoqda.

"Barselona" o'z muxlislari uchun eksklyuziv dizaynda niqoblar sotishni boshladi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilindi.



Niqoblarni klub do'konidan xarid qilish mumkin. LaLiga davom ettirilganida Kataloniya klubi futbolchilari ushbu niqoblardan foydalanishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com