"Barselona" futbolchisini Fransiya klubiga sotmoqda

Sherzod Nurmatov
23 avg 2024
"Barselona" va Senegal terma jamoasi himoyachisi Mikail Faye "Renn"ga o'tish arafasida.

Bugun futbolchi Fransiyaga jo'nab ketadi. Transfer summasi 12 mln evro bo'ladi, shuningdek, bonus sifatida 4 mln evro taqdim etiladi.



"Barselona" futbolchini bir yildan keyin 35 mln evroga, ikki yildan keyin 40 million evroga qaytarib sotib olish huquqini o'zida saqlab qoladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano