"Barselona" futbolchisi uchun 3ta klub kurashmoqda, ularning orasida "Lokomotiv" ham bor

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2018, 14:13
"Barselona" himoyachisi Aleysh Vidal uchun kurashda 3ta klub ishtirok etmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi faoliyatini Moskvaning "Lokomotiv", Milanning "Inter" yoki "Sevilya" klubida davom ettirishi mumkin. Vidal uchun kurashda Rossiya va Italiya klublari yetakchi. "Temiryo'lchilar" vakillari futbolchi tomoni bilan muzokara o'tkazishga ham ulgurishdi.

Oldinroq, ispaniyalik futbolchining agenti David Pirri Vidalning "Lokomotiv"ga o'tishi ehtimoli 90% ekanligini aytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo