"Barselona" futbolchisi "Sevilya"ga qaytadi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2018, 10:07
"Barselona" himoyachisi Aleysh Vidal "Sevilya"ga qaytishga yaqin turibdi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, tomonlar 28 yoshli futbolchining transferi borasida kelishib olishgan. Futbolchining transfer narxi 10-12 mln evro atrofida bo'lishi kutilmoqda. Oldinroq uning xizmatlariga Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi tomonidan qiziqishlar bo'lgandi.

Vidal 2014/15 yilgi mavsumda "Sevilya" sharafini himoya qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo