"Barselona" futbolchisi Italiyaga qaytishni xohlamayapti

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2023, 23:45
"Barselona" yarim himoyachisi Frank Kessie Italiyaga qaytishni reja qilmayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchisi "Inter"dan xarid qilinayotgan Marselo Brozovich transferining bir qismiga aylanmoqchi emas.

26 yoshli futbolchi "blauragna"ni tark etishni xohlamayapti. Agar Xavi yoki klub rahbariyati u bilan xayrlashishini ma'lum qilsa, Kessie bu haqida o'ylab ko'rishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo