"Barselona" futbolchisi 2 haftaga safdan chiqdi

Aslanov Jasurbek
5 apr 2017
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa shifokorlaridan yarim himoyachisi Rafinya Alkantaraga bog'liq yaxshi xabar eshitishdi.

Braziliyalik futbolchi avval xabar berilganidek 3-4 hafta emas, 2 haftaga safdan chiqdi.

Alkantara "Granada"ga qarshi LaLiganing 29-tur uchrashuvida jarohat olgan edi.

Rafinya joriy mavsum Primeroda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo