"Barselona" forvardi Breytueyt operaciya qilinadi

Alisher
13 sen 2021
"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt tizzasidagi jarohatidan operaciya qilinadi.

Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Konservativ davolash jarohatdan qutulishga yordam bermadi, shu sabab operaciya qilishga qaror qilindi.

30 yoshli daniyalik futbolchi joriy mavsum "Barselona" safida 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona_cat