"Barselona" YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritsa, Kanseluni to'liq sotib olish majburiyatini oladi

Administrator
23 avg 2023, 20:59
Bu esa katta ehtimol bilan amalga oshadigan ish.

"Barselona" tez orada "Man Siti" futbolchisi Joau Kanseluni ijaraga oladi. Mundo Deportivo bergan ma'lumotga ko'ra, agarda "Barselona" ushbu mavsum yakuniga ko'ra YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritsa, u holda Kanseluni "Siti"dan to'liq sotib olish majburiyatini oladi. Ushbu holatda "Barsa" futbolchi uchun 25 mln evro to'laydi.

"Man Siti" allaqachon Kanseluni hisobdan chiqargan. Futbolchi ushbu mavsum biror marta qaydnomaga kiritilmadi. Ma'lumot uchun, Kanselu o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Bavariya"da o'tkazgandi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia