"Barselona" De Shilo bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
14 may 2020
"Yuventus" himoyachisi Mattia De Shilo faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Barselona" 27 yoshli italiyalik futbolchining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. "Yuventus" o'yinchisining transferi 10 million evroga baholanmoqda.

Kataloniyaliklar De Shiloga "Barselona"dan kyetishi kutilayotgan Nelson Semeduning o'rinbosari sifatida qarashmoqda.

De Shilo joriy mavsum "Yuventus" libosida 8ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca