"Barselona" bilan YCHL g'olibi bo'lgan yarim himoyachi Saudiya Arabistoni klubiga o'tadi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2024
Ivan Rakitich faoliyatini "Al Shabab"da davom ettiradi.

35 yoshli xorvatiyalik xavbek "Sevilya" bilan yozgacha belgilangan bitimini bekor qilish borasida kelishuvga erishdi.

Rakitich faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida 11-o'rinni egallab turgan "Al Shabab Ar Riyod" klubida davom ettiradi.

Ivan Rakitich joriy mavsum LaLiganing 18ta uchrashuvida ishtirok etib, 2ta gol urdi va 1ta golli pas berdi. Xorvatiyalik 2014/15 mavsumda "Barselona" bilan UEFA Chempionlar ligasi g'olbiga aylangan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ABC