"Barselona" belgiyalik vingerga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
10 noya 2025
"Barselona" chap qanot hujumini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va 20 yoshli belgiyalik vinger Malik Fofanaga qiziqmoqda.

Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi allaqachon futbolchining vakillari bilan mumkin bo'lgan transferni muhokama qilish uchun bog'langan. Fransiya klubi "Lion"ning moliyaviy ahvoli noaniq bo'lgani sababli yozda istedodli futbolchisini sotishni ko'rib chiqishi mumkin.

Fofana "Lion"ga bir yil oldin "Gent"dan 19,5 million evroga kelib qo'shilgan va 2028 yilgacha mshhljallangan shartnoma tuzgan. U ushbu mavsum Liga 1 va Yevropa Ligasida 12 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

"Liverpul" va "Arsenal" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda va uning transfer qiymati taxminan 30 million evroga baholanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es