"Barselona" bazasi oldida policiya navbatchilik qiladi

Sherzod Nurmatov
5 apr 2024, 12:53
Bu chora Inigo Martines va muxlis o'rtasidagi mojarodan keyin qabul qilindi.

Policiya Kataloniyaning "Barselona" klubi mashg'ulot bazasi yonida navbatchilik qiladi, deb xabar berdi "Marca".

"Ko'k-anorranglilar" himoyachisi Inigo Martines "tiktoker" muxlis bilan mojaroga uchraganidan keyin bu choraga murojaat qilishga to'g'ri keldi. Klub policiya bilan maslahatlashib, futbolchilarni haqorat qilib, mojaro qo'zg'atuvchi "tiktokerlar" muammosi surunkali ekani ma'lum bo'ldi.

Policiya asosiy e'tiborni mashg'ulotlardan keyingi jarayonga, yani futbolchilar uyga qaytish vaqtiga qaratadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca