"Barselona" "Bavariya" yulduzidan rad javob oldi

Оқил Абдубарноев
13 dek 2023
"Barselona" "Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmixni transfer ro'yxatidan olib tashladi.

Qayd etilishicha, “Barselona” endi bor e'tiborni titullarga havas qiladigan yosh futbolchilarga qaratadi.

Fevral oyida 29 yoshini nishonlaydigan Kimmixning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Oldinroq futbolchi shartnomasini uzaytirmasa, Myunxen klubini tark etishi xabar qilingandi.

Joriy mavsum Kimmix 20 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va jamoadoshlariga 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Deportivo