"Barselona B" futbolchisi yangi bitimga imzo chekdi, endi uning tovon puli Rakitich, ter Shtegen va Xordi Albanikidan katta

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018
Kecha, 4 iyul kuni "Barselona B" klubi yarim himoyachisi Oriol Buskets ko'k-anorranglilar bilan yangi shartnoma imzoladi.

Bitim 3+2 ko'rinishida yani kelishuv 2 yil uzaytirish imkoni bilan 3 yilga mo'ljallangan.

Yangi shartnomaga ko'ra, Oriol Busketsning tovon puli 200 mln. evro. "Barselona" asosiy tarkibida to'p tepadigan Mark-Andre ter Shtegen, Xordi Alba va Ivan Rakitichlarning tovon puli buncha emas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca