"Barselona" Ansu Fatini "Manchester Yunayted"ga 150 mln evro evaziga sotmagani ma'lum bo'ldi

Alisher
29 sen 2020
"Barselona" hujumchi Ansu Fatining xaridi bo'yicha "Manchester Yunayted"ning taklifini rad etdi.

Xabarlarga ko'ra, Kataloniya klubi yozda o'yinchini 150 million evro evaziga sotmagan. Shundan so'ng yosh forvardning shartnomasidagi tovon puli 170 mln evrodan 400 mln evroga qadar ko'tarilgan.

Fati - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U o'tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 24ta o'yinda maydnoga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Fati La Ligadagi yangi mavsumning ilk o'yinida "Vilyarreal" (4:0) darvozasini ikki bor ishg'ol qildi.

Eslatib o'tamiz, Ansu shu yilda Ispaniya terma jamoasida debyut qildi va gol urishga ham erishdi. Bundan tashqari futbolchi "qizil furiya" tarkibida to'p tepgan eng yosh o'yinchiga aylandi.

→ Ansu Fati yoshi sabab o'yinning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrinni olmadi, nega? 


AlisherMuallif
Manba: Goal