

Kataloniya klubi ung qanot himoyachsiga bog'liq muammoni hal qilmoqchi. Oldinroq ko'k-anorranglilar "Portu"dan Daniloni xarid qilmoqchi edi, ammo transferga bog'liq cheklov tufayli muammolar paydo bo'lgan.
"Barselona" bosh murabbiy Luis Enrike Alvesdan mamnun va unga ishonch bildiryapti. Klubdagilar Alvesga bog'liq savolni mart oxirigacha hal qilishni istashyapti. Ammo himoyachi bir yillik shartnomaga imzo chekmasligini deyarli barcha biladi. Shu sababli Kataloniya klubi unga ikki yillik bitim taklif qilmoqchi.



