

"Barselona" Joau Kanselu bilan shartnoma imzolashga yaqin. Avvalroq Kataloniya klubi "Al Hilol" himoyachisini ijaraga olish bo'yicha taklif yuborgani ma'lum bo'lgan edi. Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, tomonlar kelishuv ustida ishlashni yakunlamoqda.
Qayd etilishicha, futbolchining o'zi "Inter"dan ko'ra aynan "Barselona"ga o'tishni afzal ko'rgan. Bu transferdagi asosiy omil bo'ldi.



