“Barselona” Agueroga rasmiy taklif bilan chiqdi

Eldor Akmurzayev
10 mar 2021
Bu haqda TyC Sports xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar “Manchester Siti” forvardi Serxio Aguero rasmiy taklif yubordi. Klub prezidenti bo'lib saylangan Joan Laporta Lionel Messini jamoada olib qolish uchun uning vatandoshi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi.

Aguero 2011 yil yozida 40 mln evro evaziga “Atletiko”dan “shaharliklar”ga transfer qilingan. Uning shartnomasi esa joriy mavsum oxirida o'z yakuniga etadi.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TyC Sports