"Barselona" 80 mln evroga baholanayotgan turkiyalik futbolchiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
24 fev 2025
"Barselona" "Yuventus"ning 19 yoshli vingeri Kenan Yildizga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "El Nacional".

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" turkiyalik futbolchini transfer qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda, biroq ular "Yuventus" o'yinchi uchun katta miqdorda pul talab qilishini tushunib turibdi. 

Takidlanishicha, “keksa sinora” Yildiz uchun 80 million evrolik taklifni ko'rib chiqishga tayyor. "Barselona" 19 yoshli qanot hujumchisini qo'lga kiritish uchun bir necha o'yinchilarini sotishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Yildiz joriy mavsum barcha turnirlarda 37 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Amaldagi kelishuv 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 45 mln evroni tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tribuna.com