"Barselona" 22 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
23 avg 2024
"Barselona" Pau Viktor bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

O'tgan mavsumni Viktor "Jirona" a'zosi sifatida ijara asosida "Barselona"ning ikkinchi jamoasi tarkibida o'tkazdi. Klub uni 3 mln evro evaziga sotib oldi.

Ushbu mavsumda forvard "Valensiya"ga qarshi o'yinda 4 daqiqa harakat qildi. O'tgan mavsumda esa u "Barselona"ning ikkinchi jamoasi tarkibida 3-divizionda 39 o'yinda 20 gol urgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com