"Barselona" 2025/26 mavsum uchun uy libosini taqdim etdi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2025
"Barselona" 2025/26 mavsum uchun uy formasini ko'rsatdi.

"Libos merosni innovaciyalar bilan, ananalarni esa kelajak bilan uyg'unlashtiradi. Klassik ko'k-anorrangli yo'l-yo'l dizayn yangi rang gradaciyalari bilan qayta ishlab chiqildi, bu esa "Barsa" futbol uslubining ikki asosiy xususiyati – ritm va energiyani olib keladi.


Yo'l-yo'llarni dioganal ravishda kesib o'tuvchi purpur tus formga dinamizm va tezlik hissini beradi. Bu o'yin kunlari ko'chalar va stadionlarda hilpirayotgan ko'k-anorrangli bayroqlarga ehtirom sifatidadir. Ular mahalliy va global miqyosda ramzga aylandi", – deyiladi katalonlar saytidagi bayonotda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com