"Barselona" 2 mln evrodan quruq qoldi

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023
Jamoadagi gastroenterit tarqalgani sababli "Yuventus"ga qarshi o'yin bekor qilinganidan so'ng "Barselona"da moliyaviy zarar.

Klub o'rtoqlik o'yinida qatnashgani uchun 2 mln evroni qabul qilib olishi kerak edi. Ammo uchrashuv o'tkazilmadi.

Qayd etilishicha, Kataloniya klubi bahsni dushanba kuni o'tkazmoqchi bo'lgan, biroq San-Xosedagi stadionda Teylor Sviftning koncerti bo'lgani sababli o'yin kechiktirilgandi.

Kecha "Barselona" o'z bayonotida "Arsenal"ga qarshi o'yin o'tkazilishiga umid qilayotganini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, jamoada gastroenteritning ilk belgilari Jyul Kundeda paydo bo'lgandi. Undan keyin jamoaning bir qancha futbolchilar shubxa ostida qolgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca