"Barselona" 17 yoshli yarim himoyachiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
16 dek 2023
Shvetsiyaning "Yurgorden" klubi sport direktori Bosse Andersonga ko'ra, Kataloniya jamoasi yarim himoyachi Lukas Bergvallaga qiziqish bildirmoqda.

"Tasdiqlashim mumkinki, biz allaqachon "Barselona" bilan muloqot olib borganmiz. Biroq muzokaralar bo'lgani yo'q. Biz o'tgan hafta bog'langan edik, ammo bu hafta hali ispan klubi vakillari bilan gaplashmadik", – dedi Anderson.

Bergvall "Yurgorden" tarkibida 2023 yilning fevralidan buyon to'p tepib keladi va jamoa uchun barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Transfermarkt portali 17 yoshli shvetsiyalikning narxini 5 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fotbollskanalen