"Barsa"ga Pogba bilan shartnoma imzolash taklif etildi. Kataloniyaliklar Rayolaning komissiyasi va MYU xavbekining maoshi sabab shubhalanishmoqda

Alisher
15 okt 2021
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning xizmatlari "Barselona"ga taklif etildi.

Kataloniyaliklarga francuz bilan kelasi yozda tekinga shartnoma imzolash taklif etilmoqda. "Barsa" bu imkoniyatni ko'rib chiqishga tayyor.

Shu bilan birga "ko'k-anorranglilar" xavbekning agenti Mino Rayolaning komissiyasi, shuningdek Pogbaning yuqori maoshi sabab transferni amalga oshirishlariga shubha qilishmoqda.

28 yoshli o'yinchi joriy mavsum APL doirasidaig 7ta o'yinda maydonga tushib, 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN