"Barsa" sobiq direktori "Yuve"dagi Suares haqida: "Ronaldu bilan muammo bo'lmaydi. Ular bir-birini ajoyib tarzda tushunadi"

Alisher
8 sen 2020
"Barselona" sobiq sport direktori Aredo Brayda kataloniyaliklar forvardi Luis Suaresning "Yuventus"dagi Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynashi haqidagi savolga javob berdi.

"Suares - jangchi va uning jangovar ruhi jamoadagi boshqa o'yinchilarni ham quvvatlantiradi. Unda "Yuventus" va boshqa top-klublarda o'ynash uchun xarakter va DNK bor.

Agar u ruhlangan bo'lsa, 33 yoshida ham ajoyib xarid bo'ladi. Unda Ronaldu bilan muammo bo'lmaydi. Ular bir-birini ajoyib tarzda tushunadi, chunki bu ikki tug'ma g'oliblardir", - deydi Brayda.

Eslatib o'tamiz, "Barsa" endilikda Suaresga ehtiyoj sezmayapti va uni qo'yib yubormoqda. Urugvaylik futbolchining keyingi klubi katta ehtimol bilan "Yuventus" bo'ladi.


AlisherMuallif
Manba: Goal.com