"Barsa" sobiq direktori Brayda: "Pyanich "Yuventus"ga qaytmoqchi. Biz u bilan 3-4 kun oldin gaplashdik"

Alisher
31 iyul 2021
"Barselona" va "Milan" sobiq direktori Aredo Brayda Miralem Pyanichning "Yuventus"ga qaytishni xohlayotganini aytdi.

"Uch yoki to'rt kun oldin Pyanich bilan Barselonada ko'rishdim. Men shaharga shaxsiy sabablarga ko'ra borgandim. Biz tasodifan "Kamp Nou"da ko'rishib qoldik va gaplashdik.

U "Yuventus"ga qaytishni xohlamoqda. Allegri uni boshqalardan ko'ra yaxshi bilishi aniq", - deydi Brayda.

Pyanich 2016-2020 yillar davomida Italiya klubida o'ynagan.

Miralem 2020 yilning yozida Artur bilan almashinuv doirasidagi "Barselona"ga o'tgandi. U o'tgan mavsum kataloniyaliklar tarkibida La Liga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia