"Barsa", MYU va "Yuventus" Zakariyaga qiziqmoqda. Xavbek yozda Gladbaxdan erkin agent maqomida ketadi

Alisher
26 noya 2021
Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Denis Zakariya mavsum so'nggida klubini o'zgartiradi.

25 yoshli Shveytsariya terma jamoasi o'yinchisi 2022 yilning 30 iyunida yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirishni rad etdi.

Zakariya bilan "Barselona", "Manchester Yunayted", "Yuventus" va "Roma" klublari shartnoma imzolamoqchi.

Xavbek joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira