"Barsa" iyul oyining boshida "Espanol"ga qarshi o'yinda yangi liboslarda o'ynaydi

Alisher
13 iyun 2020, 17:20
"Barselona" tez orada kelasi mavsum uchun uy liboslarini namoyish etadi.

Ekipirovkalar 3 iyuldan sotuvga chiqariladi, "ko'k-anorranglilar" 7 yoki 8 iyuldagi "Espanol"ga qarshi derbida ushbu liboslarda maydonga tushadi.

Avgust oyi boshidagi CHL 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Napoli"ga qarshi o'yinda yangi liboslarda o'ynash so'roq ostida turibdi, sababi klubga yangi liboslarda o'ynashga ruxsat berilishi kerak.

Eslatib o'tamiz, "Barselona"ning texnik homiysi AQSHning Nike kompaniyasi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: sport.es