"Barsa" YCHLda qatorasiga 4 ta g'alabaga erishdi, umumiy hisob – 17:3

Omonjon To`xtamirzayev
27 noya 2024
Debyutant "Brest" esa 5-turga kelib ilk bor mag'lubiyat alamini totdi.

"Barselona" Chempionlar Ligasi doirasida ketma-ket 4-g'alabasini nishonladi.

Umumiy bosqichning 5-turida kataloniyaliklar "Brest"ni yirik hisobda (3:0) taslim etishdi. Avvalroq Xans-Diter Flik jamoasi "Yang Boyz" (5:0), "Bavariya" (4:1) va "Crvena Zvezda" (5:2) klublariga imkon qoldirmagandi.

Takidlash lozim, "Brest" musobaqa debyutantiligiga qaramay, 5 o'yinda endi birinchi bor mag'lub bo'ldi – bungacha Liga 1 vakili 3 g'alaba va 1 durang qayd etgandi.

Keyingi turda "Barselona" Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi, "Brest" esa PSVga qarshi maydonga tushadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Uefa.com