Barrios "Zenit"da qolishini ma'lum qildi

Omonjon To`xtamirzayev
10 iyul 2023
Yarim himoyachisi Vilmar Barrios "Zenit"da qoladi, futbolchi tasdiqladi.

"Ha, men yangi mavsumda ham "Zenit"da qolaman".

Futbolchi 2019 yildan buyon piterliklar sharafini himoya qiladi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchiga "Milan", "Tottenxem", "Nyukasl" va "Beshiktosh" kabi jamoalar qiziqish bildirayotgani xabar berilgandi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Primer Tiempo