

"Qiyin bo'lishini bilgandik. Shunday ham bo'ldi. Kerakli natijaga erishish uchun ideal o'yin kerak edi, biroq ular ilk ikki vaziyatdan unumli foydalanib, nazoratni qo'lga olishdi. Bu og'ir natija, biroq o'yinni to'liq tahlil qilsak yomon harakat qildik deya olmayman. 0:3dan so'ng bahona topish qiyin.
O'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmasligimiz lozim, chunki JCH-2018ga chiqish uchun ko'p mehnat qilishimizga to'g'ri keladi" - deydi himoyachi.



