Banega mavsum oxirigacha chetlatildi

Aslanov Jasurbek
1 may 2019, 17:19
"Sevilya" yarim himoyachisi Ever Banega Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan jazolandi.

"Jirona"ga qarshi LaLiganing 35-tur uchrashuvida xavbek qo'pol ishlagani uchun qizil kartochka olgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ispaniya futbol federatsiyasi Banegani to'rtta o'yinga diskvalifikaciya qildi. Shunday qilib, u joriy mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

Banega joriy mavsum LaLiganing 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca