Banega jarohat oldi va "Empoli"ga qarshi bahsda "Inter"ga yordam bera olmaydi

Aslanov Jasurbek
12 fev 2017, 14:59
"Inter" yarim himoyachisi Ever Banega "Empoli"ga qarshi A Seriyaning 24-tur uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Argentinalik mashg'ulotda tizzasini qayirib oldi va uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur. Banega sog'ayishi uchun qancha vaqt kerak bo'lishi ma'lum emas.

Joriy mavsumda Ever Banega A Seriyaning 18 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia