Balotelli skudetto uchun asosiy davogar nomini aytdi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2023
Futbolchi bitta klubni ajratib ko'rsatdi.

"Adana Demirspor" hujumchisi Mario Balotelli skudetto uchun asosiy davogar nomini aytib o'tdi.

"Yuventus", "Milan" va "Napoli" o'rtasida ikkinchi o'rin uchun qiziqarli kurash bo'lishi mumkin. "Inter"dan yuqori o'rinni egallash bu jamoalarning har biri uchun katta muvaffaqiyat bo'lardi.

O'ylashimcha, "Inter" hozir barcha raqiblaridan yaxshiroq ko'rinmoqda, ammo noyabrda skudetto haqida gapirish qiyin", – dedi futbolchi.

Oldinroq "Yuventus" ustozi skudetto uchun asosiy davogarlar nomini aytib o'tgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato