Balage: "Real" Xamesni sotmoqchi, futbolchiga MYU va "Liverpul" qiziqish bildirmoqda"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2017
Sky Sports jurnalisti Gilem Balage ma'lumotlariga ko'ra, "Real" "Liverpul" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan Xames Rodriges bilan xayrlashmoqchi.

"Real" Xamesni sotmoqchi va ularni 35 mln. evro miqdoridagi pul qoniqtiradi. Futbolchini "Manchester Yunayted" va "Liverpul" o'z safida ko'rmoqchi. Mankunianlar bu kurashda yetakchi, chunki Jorje Mendesh "qizil iblislar" bosh murabbiyi Joze Mourinyo va Xamesning agenti hisoblanadi. Rodriges uchun Italiya varianti ham bor. Bir narsa aniq: "Real" Xames bilan xayrlashmoqchi, futbolchining o'zi esa variantlarni ko'rib chiqmoqchi" - deydi Balage.

Xames joriy mavsum Ispaniya chempionatining 15 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports