

Futbolchi bir yil oldin erkin agent sifatida “Nansi”dan “Milan”ga o'tgan edi. Bu vaqt oralig'ida u Italiya chempionatida va Chempionlar ligasida 8 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan xolos. Shu sabab milanliklar shartnomasi 2015 yilgacha mo'ljallangan futbolchi bilan bemalol xayrlashishlari ham mumkin. Shu bilan birgalikda “Anderlext” klubi yoz mavsumida “Lacio”ga o'tgan Lukas Bile o'rniga o'rindosh topishni ham mo'ljallagan.



