"Bayer" Bellarabi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Narzulla Saydullayev
26 okt 2014, 18:31
Leverkuzenning "Bayer" klubi o'z yetakchilaridan biri bo'lgan Karim Bellarabi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
"Bayer" rahbariyati futbolchi bilan 2019 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzmoqchi. Yaqinda Germaniya terma jamoasida debyut qilgan yarim himoyachining maoshi bir necha bor oshishi aniq.

Bellarabini APLning qator grandlari kuzatishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru