Bahrom Haydarov: "Uch ochko ikki jamoaga ham suv va havodek zarur edi"

Sherzod Nurmatov
16 okt 2021, 20:07
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Turon" – "Surxon" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.





- O'yin haqida

- Juda qiyin o'yin bo'ldi. Uch ochko ikki jamoaga ham suv va havodek zarur edi. O'ylaymanki, bir ochko qo'lga kiritganimiz – yaxshi natija. Bugun jamoalarning maydondagi hamma futbolchilari faol harakat qilishdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. "Turon" oxirgi o'rinda borayotganiga qaramasdan, o'z uyida kuchli o'yin ko'rsatishini isbotladi. 

- Murod Bobojonovning jarohati qanchalik jiddiy?

- Oyog'i ozgina shishgan. Shifokorlar o'rganib chiqib, xulosasini aytishadi. 

- Bugun jamoangizning eng yaxshi futbolchisi deb, darvozabon Rustam Nortojievni ko'rsatsak bo'ladimi?

- Albatta, bo'ladi, lekin u o'z ishini qildi. Bir nechta golli vaziyatlarda qutqardi. Himoyachilarni ham ko'rsatsa bo'ladi. Yarim himoyamiz ham juda yaxshi o'ynadi, hujumchi ham. Barcha poziciya egalari yaxshi ko'rinishdi.

- Turnir jadvali quyi qismida jiddiy kurash kechmoqda. Superligada qolish uchun qaysi jamoaning imkoniyati yaxshiroq?

- Hali biror narsa deyish qiyin. Quyi qismdagilar hali vazifani uddalay bilishmadi. "Metallurg", "Mashal", "Surxon", "Andijon", "Turon"... Hammada imkoniyat bor. Oxirida ko'ramiz. O'ylaymanki, eng yaxshi imkoniyat bizda. Xudo xohlasa buni uddalaymiz. 

 - Jamoa sardori Asror G'ofurov qachon maydonga qaytadi?

- Asror G'ofurovda futboldan tashqari mojaroli jarayon davom etyapti, bu hali hal bo'lgani yo'q. Mojaro echimi topilsa, federatsiya ko'rib chiqadi. Shuning uchun anig'ini aytolmayman.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia