

Ammo endilikda jamoaning yangi rahbari kim ekanligi hozircha ma'lum emas. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, bugun bosh murabbiy masalasi ham ko'rib chiqilgan. Unga ko'ra, bosh murabbiy etib Bahrom Haydarov tayinlangan.
Bahrom Sotivoldievich bungacha ham Neftchi murabbiylar shtabida yordamchi sifatida ishlab kelayotgandi. Lekin bir qator omadsiz o'yinlardan so'ng murabbiy jamoadan kyetishga qaror qilgan. Bugun Bahrom Haydarov jamoaga bosh murabbiy sifatida qaytarildi va endilikda Neftchi natijalariga u javob beradi. Abdumalik Hakimov, Sergey Kovshov, Ilhom Zaylobidinov va Xislat Chilmatov bosh murabbiyga yordam berishda davom etadi.



