Bahrom Haydarov: "3 ochko bizga suv va havo kabi zarur edi"

Mirjalol Normatov
27 mar 2025
Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Sho'rtan" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.



O'yin haqida

- Shunaqa ob-havoga qaramasdan bizni stadionga kelib qo'llab-quvvatlagan muxlislarga raxmat aytaman. Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz o'zgardi, vaziyatlarimiz bo'ldi. 3 ochko bizga suv va havo kabi zarur edi. G'alaba qozonishimiz mumkin edi.

- 3 ta o'yindan buyon jamoangiz hujumchilari gol ura olmayapti. Ularga etirozingiz bormi?

- Albatta etiroz bo'ladi. Butun jamoaga tegishli, standart vaziyatlar bor, gol uchun hammada imkoniyat bo'ladi. Mavsumoldi tayyorgarlik davrida Beshimov, Kondratyuk, Xolto'raevlar o'zlarini yaxshi ko'rsatishdi. Oldinda hali ko'plab gollar urishadi deb o'ylayman.

- Shota Gvazavaning holati qanday?

- U jarohatlaridan forig' bo'ldi. Jismoniy imkoniyatlarini tiklab olsa, maydonga qaytadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia