O'zaro salom-alikdan so'ng mundial haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik.
- Albatta nufuzi bo'yicha duyonda birinchi raqamli musobaqa bo'lgan ushbu jahon chempionatini men ham kuzatib bormoqdaman. Bilasizmi hozircha guruh o'yinlari davom etayotgani uchun JCH haqida tayinli gap aytish qiyin.
Biron-bir jamoani yaqqol favorit deb atash ham murakkabdir. Chunki o'zingiz ko'rayotgan bo'lsangiz, kutilmagan natijalar bir necha bor qayd etildi. Xususan "B" guruhida Gollandiya ilk o'yinidayoq Ispaniyani yirik hisobda tor-mor etdi.
Ushbu fantastik o'yindan keyin esa, qizil lolalar guruhdagi ikkinchi bahsda Avstraliya bilan umuman boshqacha o'yin namoyish etishdi. Yoki Braziliya terma jamoasini oladigan bo'lsak, mezbonlar Meksika bilan o'yinda katta qiyinchilikka duch keldi. Ko'ryapsizmi, hozir biror-bir terma jamoani alohida ajratib ko'rsatish qiyin. Rossiya terma jamoasi ham hozircha bitta uchrashuv o'tkazdi.
Janubiy Koreya bilan to'qnashuvda Kapello shogirdlari katta qiyinchilikka duch keldi deydi Bahrom Boyjonovich.
- Bilasizmi, ushbu mundialni men oddiy muxlis bo'lib emas, mutaxassis sifatida kuzatib bormoqdaman. Shuning uchun har bir o'yinni diqqat bilan kuzatib, tahlil qilib, o'zim uchun kerakli bo'lgan narsalarni kashf etib boryapman.
- Muxlis sifatida aytadigan bo'lsam, JCH-2014da Argentina chempion bo'lishini juda-juda xohlardim. Chunki uning tarkibida dunyoning eng kuchli o'yinchisi Lionel Messi bor. Bu futbolchi shu kungacha barcha yirik sovrinlarni yutib bo'ldi. Faqatgina Jahon Chempioni degan nomga sazovor bo'la olmayapti. Agar shuni ham yutsa, men juda xursand bo'lardim. Messini afsonaviy Diego Maradonadan kuchsiz deb bo'lmaydi!
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.