

O'tgan mavsumda 22ta gol urgan Vahobovga Malayziya va Eron klublaridan takliflar bor edi. Biroq rahbariyat uni jamoada qolishga ko'ndira oldi. Ayni paytda futbolchi Navoiy klubi safida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Undan tashqari, Ilhom Yunusov va Alisher Yusupov kabi yangi futbolchilar ham jamoa ixtiyoriga yetib kelishdi. "Qizilqum"ni Viktor Klishin, Doston Abdurahmonov kabi futbolchilar tark etishdi. Navro'z Alimovning ijara muddati tugagani bois "Paxtakor"ga qaytib ketdi.



