Bahodir Nasimov Janubiy Koreya klubi bilan shartnoma tuzishga yaqin

O'zbekistonlik hujumchi faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettirishga yaqin.
Bahodir Nasimov "Ansan Greeners" klubi bilan shartnoma tuzish uchun Janubiy Koreyaga uchib bordi. Yangi yil bayramidan oldin hamyurtimiz o'ziga Janubiy Koreya klublaridan qiziqish bo'layotganini ma'lum qilgandi. Ayni paytda futbolchining o'zi Janubiy Koreyada ekanligini lekin hozircha shartnoma tuzmaganini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, "Ansan Greeners" klubi Janubiy Koreyaning birinchi divizionida ishtirok etadi.



Bahodir Nasimov: “Yangi yil bayramidan keyin qaysi klubga o'tganimni bilib olasizlar"


Eshitdik-da! Bahodir Nasimov Janubiy Koreyada o'ynaydi

Manba: championat.asia