Bahodir Daminov: “Kelajakda Superligada o'ynash orzuim bor”

Narzulla Saydullayev
11 okt 2021
Birinchi liga yakunlariga ko'ra, “Zomin” Pro-ligaga yo'llanma oldi. Mavsum yakunlari bo'yicha jamoa yetakchi futbolchisi Bahodir Daminov bilan suhbatlashdik.

- Juda yaxshi o'yin kechdi, - deya gap boshladi Daminov. “Chig'atoy” ham yaxshi jamoa ekan. Bizga yaxshi qarshilik ko'rsatdi.

Mavsum boshida bizga birinchi ligada 1-o'rinni qo'lga kiritish va Pro-liaga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgandi. Biz esa mavsum davomida murabbiylarimiz tomonidan ko'rsatmalarga e'tibor qaratdik va o'zimiz uchun kerakli ochkolarni qo'lga kiritib bordik. Yakunda esa Pro-ligaga yo'llanmaga ega bo'ldik.

Shartnomam 2022 yilning dekabriga qadar mo'jallangan. “Zomin” bilan Pro-ligada to'p tepish va jamoaga yordam berishni istayman. Kelajakda Superligada o'ynash orzuim bor.
Birinchi ligada har bir jamoa bizga qarshilik ko'rsatdi. Birorta o'yin oson kechgani yo'q.

Pro-ligaga tayyormiz. Bizda tajribali futbolchilar bor. Kelgusi mavsumda unda munosib ishtirok etishni rejalashtirmoqdamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia