Bahodir Ahmedov: "Shaxsiy sovrinda jamoaning ahamiyati katta"

Iskandarov Abdulaziz
26 noya 2022
Bugun yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ovoz berish yakunlariga ko'ra Bahodir Ahmedov 2022 yilning eng yaxshi futzal murabbiyi, deb topildi. Bahodir Ahmedov bu mavsum "Jizzax-Kenteks" bilan mamlakat chempionligi va kubogini, O'zbekiston terma jamoasi bilan Quvaytda o'tgan Osiyo chempionatida bronza medallariga ega chiqdi. Tantanali o'tgan tadbirdan so'ng murabbiyning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bu bitta mening yutug'im emas. Bilasizmi, shaxsiy sovrinda jamoaning ahamiyati yuqori bo'ladi. Bu barcha murabbiylarning muvaffaqiyati hisoblanadi. Ular sabab biz yaxshi natijalar ko'rsatdik. Mukofotga loyiq topilganimdan xursandman. To'xtab qolish yo'q. Yanada oldinga qarab intilishimiz kerak",- deydi Bahodir Ahmedov.  


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia