BAA terma jamoasi JCH saralash bosqichiga tayyorgarlikni boshladi

Xayrulla Xoliqov
15 iyul 2019
BAA terma jamoasi Avstriyaning Zalcburg shahrida yig'inga kirishdi.

Terma jamoa ustozi Bert van Marviyk futbolchilarni dastlab Germaniyaning Myunxen shahrida yig'di, shundan so'ng jamoa a'zolari Avstriyaga yo'l olishdi. Zalcburgdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari 22 iyulga qadar davom etadi. 

Terma jamoa tarkibida hozircha Omar Abdulrahmon bilan Ali Mabxut yo'q, murabbiy bu ikki futbolchini vaqtincha chaqirmaslikni lozim topdi. Umuman olganda yig'inda 24 nafar futbolchi ishtirok etyapti. Ular orasida BAA chempionatining "Eng yaxshi darvozaboni" Adel Ali Hosani bilan "Eng yaxshi futbolchisi" Xalfan Mubarak bor.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com