BAA prezidenti Marokash qirolini mamlakat terma jamoasi JCH yarim finaliga chiqqani bilan tabrikladi

Sherzod Nurmatov
12 dek 2022
BAA prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon Marokash qiroli Muhammad VIni Marokash termasi JCH-2022 yarim finaliga chiqqani munosabati bilan telefon orqali qutladi.

Bu haqda "Gulf Today" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, BAA prezidenti Muhammad bilan telefon orqali muloqoti chog'ida arab terma jamoasi uchun bu tarixiy yutug'i baxtiyorlik muhitini tarqatgani va marokashliklarning yirik turnirlarda munosib ishtirok etish qobiliyatini tasdiqlaganini takidlagan. U Marokash terma jamoasining o'yinini yuqori baholab, futbolchilarning g'alabaga erishish uchun ko'rsatgan katta qatiyati va ular ko'rsatgan yuksak sport mahoratini qayd etdi. Ol Nahayon Marokash terma jamoasiga musobaqa navbatdagi bosqichida muvaffaqiyatlar tiladi.

10 dekabr kuni bo'lib o'tgan JCH-2022 chorak finalida Marokash terma jamoasi Portugaliyani 1:0 hisobida mag'lub etdi va endi 14 dekabr kuni jamoa Fransiya bilan uchrashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:59 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Gulf Today