

Unda "Al Sharja" va "Al Jazira" klublari to'qnash kelishdi. O'yinning dastlabki 10 daqiqasida Koronada penaltidan dublga erishgan bo'lsa, Halfan Mubarak 13-daqiqada hisobni qisqartirdi. Bahsning uchdan bir qismi ortda qolayotgan bir pallada Muhammad Said tablodagi hisobni 3:1 ko'rishiga keltirdi. Ikkinchi bo'limni mehmonlar yuqori notada boshlab, Faris Jumaning goli orqali uchrashuvga intrigani qaytardi - 3:2. Ammo, bu hisob o'yin so'nggida ham o'zgarmadi va "Sharja" jamoasi navbatdagi muhim g'alabani tantana qildi.



Otabek Shukurov jamoasi BAA chempionatida 46 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi.




