BAA futbol federatsiyasi yoshini soxtalashtirgan 18 nafar misrlik futbolchini deportaciya qildi

Оқил Абдубарноев
28 mar 2024
Haqiqiy yoshni aniqlash qanday usulda samarali aniqlanayotgani ma'lum bo'ldi.

Misr futbol associaciyasi texnik direktori Alaa Nabilning ma'lum qilishicha, Birlashgan Arab Amirliklari futbol associaciyasi 18 nafar misrlik futbolchining haqiqiy yoshiga oid rasmiy hujjatlarni soxtalashtirilgani isbotlanganidan keyin deportaciya qilish haqida buyruq bergan.

Mazkur futbolchilar turli darajadagi Amirlik klublarida to'p tepishadi. 

Magnit-rezonans tomografiya texnologiyasidan foydalanish bazi Afrika klublari va jamoalari odatda murojaat qiladigan futbolchilarning yoshini soxtalashtirish holatlarini aniqlash uchun ideal echimga aylandi.

Avvalroq Kamerunda "yoshini o'zgartirgan" 62 futbolchi diskvalifikaciya qilingani haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ал Жазира