BAA chempionati. “Sharja” turnir autsayderini mag'lub etdi, Shukurov 90 daqiqa harakatlandi (+jadval)

Sherzod Nurmatov
25 dek 2020
Musobaqa 11-turi doirasidagi bahsda "Sharja" mehmonda "Xatta" bilan bellashib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

"Sharja"ning gollarini Abdulrahmon Shaxin va braziliyalik legioner Velliton (2 ta) urdi. Hamyurtimiz Otabek Shukurov uchrashuvda to'liq 90 daqiqa o'ynadi.  

“Sharja” 26 ochko bilan musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Jamoa keyingi uchrashuvini 31 dekabrda “Ayman"ga qarshi o'tkazadi.


“Xatta” – “Sharja” 2:3  

Gollar: Sulaymon 37' avtogol G'anim 45+1 - Abdulrahmon 30', Velliton 45+3', 66'


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia